Live
1
O'zbek

Tuxel: «Bugun bizga omad kulib boqdi»

Futbol
11 iyul, 20:50
Angliya bosh murabbiyi Norvegiyaga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Tuxel: «Bugun bizga omad kulib boqdi»
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Norvegiya ustidan 2:1 hisobidagi g'alaba va 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinaliga chiqqanidan keyin oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Oʻyin haqida

«Bugun holatimizni oʻzimiz juda qiyinlashtirdik. Shunga qaramay, natija ajoyib. Biz yarimfinalga chiqdik, bu juda zoʻr. Lekin oʻyinimizdan qoniqmadim. Har tomonlama.

Fidoyilik joyida edi, ammo oʻyinimiz bilan oʻzimizga muammo yaratdik. Beparvolik, texnik xatolar juda koʻp boʻldi.

Biz yetarlicha tez harakat qilmadik, oʻyinimiz izchil emasdi. Bugun bizga omad kulib boqdi».

Bu futbolchilarning psixologik holati bilan bogʻliqmi?

«Bilmayman. Gap psixologiyada emas. Aksincha, xarakter borasida hammasi joyida. Uni hatto qutiga solib sotsa ham boʻladi. Muammo oʻyin sifatida — biz yaxshiroq oʻynashimiz kerak».

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar haqida

«Ris Jeyms ajoyib oʻyin koʻrsatdi. Morgan Rojers fantastik oʻyin oʻtkazdi. Eberechi Eze va Jed Spens oʻyin davomida yanada kuchaydi. Ularning barchasi tahsinga sazovor».

Jud Bellinghem haqida

«Bu yerda gapirishga ham hojat yoʻq. U har bir oʻyinda shu darajada harakat qiladi. Jud — jahon darajasidagi futbolchi».

Yarimfinal haqida

«Biz yanada kuchliroq boʻlamiz. Bunga majburmiz. Hozir esa bu muvaffaqiyatni nishonlash va ushbu lahzadan zavq olish kerak.

Bizning ixtiyorimizda 3 kun bor. Bizga finalga chiqish uchun koʻp narsa kerak boʻladi», — dedi Tuxel.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar