Live
2
O'zbek

Marokash milliy jamoasi bosh murabbiyi muxlislarga murojaat qildi

Futbol
11 iyul, 12:18
Muhammad Uoaxbi jamoa yanada kuchli bo‘lib qaytishiga ishonishini ma’lum qildi.
Marokash milliy jamoasi bosh murabbiyi muxlislarga murojaat qildi
Foto: Getty Images

Marokash milliy jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uoaxbi jamoaning JCH-2026dan chiqib ketganidan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muxlislarga murojaat qildi.

«Yo‘limiz yakuniga yetdi, ammo intilishlarimiz, maqsadlarimiz — tugagani yo‘q. Siz munosib bo‘lgan o‘yinni ko‘rsata olmaganimiz uchun kechirim so‘raymiz.

Qirol Muhammad VI Janobi Oliylariga oqilona rahbarligi va Marokash futbolini doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Marokash xalqiga tashakkur — mamlakatda ham, uning tashqarisida ham. Sizning muhabbatingiz, ishonch va qo‘llab-quvvatlashingiz eng oxirigacha bizga kuch bag‘ishladi.

Yaratganning irodasi bilan biz yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz. Nasib qilsa, kelajak bundan ham chiroyli bo‘ladi. Olg‘a, Marokash!», - deb yozdi Muhammad Uoaxbi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar