Jahon chempionati chorakfinalida Ispaniya va Belgiya milliy jamoalari o'zaro bellashdi.
Unda ispanpiyaliklar 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Dastlab Ruiz 30-daqiqada hisobni ochdi. Tanaffusga yaqin de Ketelear muvozanatni tikladi. 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Merino yana gol urib, «qizil furiya»ning g'alabasiga hissa qo'shdi.
Shu tariqa, de la Fuenta jamoasi yarimfinalda Fransiyaga qarshi bellashadi.
JCH-2026. 1/4 final
Ispaniya – Belgiya 1:1
Gollar: Ruiz 30, Merino 88 - De Ketelear 41
Ispaniya – Simon, Porro, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Rodri, Ruiz (Pedri, 55), Olmo (Merino, 86), Baena (Torres, 55), O'yarsabal (Uilyams, 79), Yamal.
Belgiya – Kurtua (Lammens, 71), Kastnan, Mehele, Ngoi, de Kuyper (Says, 61), Raskin, Vanaken (Lukaku, 60), De Bryuyne (Salemakers, 86), Doku, de Ketelear, Trossar (Vitsel, 60).
Ogohlantirishlar: Kubarsi 43, Laport 90+3 – De Bryuyne 85
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi