Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal Belgiya qarshi kechgan bahsning (2:1) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu bahsda 18 yoshli futbolchi gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan bo'lsa-da, u bir qator muhim ko'rsatkichlar bo'yicha jamoasida eng yaxshisi bo'ldi.
Yamal o'yin davomida raqib darvozasi tomon 6 ta zarba yo'lladi, 6 ta krossni amalga oshirdi. 4 bor muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi yarimfinalda Fransiya bilan to'qnash keladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi