Bugun
3
O'zbek

«Borussiya D» Adeyemining kelgusidagi transferidan ham daromad oladi – manba

Futbol
10 iyul, 17:15
Kataloniyaliklar 23 yoshli forvard bilan 5 yillik bitim imzolaydi.
«Borussiya D» Adeyemining kelgusidagi transferidan ham daromad oladi – manba
Фото: Getty Images

«Borussiya D» hujumchisi Karim Adeyemi tez orada «Barselona» futbolchisiga aylanadi.

Jurnalist Patrik Bergerning xabar berishicha, Kataloniyaliklar 23 yoshli forvard bilan 5 yillik bitim imzolaydi. Uning transferi 22 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, turli bonuslar ham shartnomaga kiritiladi.

Shuningdek, bitimga ko'ra, «Borussiya D» Adeyemining kelajakdagi ehtimoliy transferidan tushadigan mablag'ning 35 foizini ham qo'lga kiritadi.

O'tgan mavsumda Karim barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar