Ispaniya milliy jamoasi jahon chempionati chorakfinalida Belgiya qarshi o‘ynamoqda.
"Qizil furiya" ushbu bahsgacha o‘z darvozasidan 649 daqiqa davomida gol o‘tkazmadi va shu orqali Italiyaga tegishli rekordni ortda qoldirdi.
Bu seria Belgiya qarshi chorakfinal uchrashuvida yakunlandi. Sharl De Ketelare Simonning seriyasiga chek qo‘ydi.
Avvalgi rekord Italiya milliy jamoasining sobiq darvozaboni Valter Zengaga tegishli bo‘lib, u 1990 yildagi jahon chempionatida 517 daqiqa davomida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi.
Ispaniya so‘nggi marta 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining guruh bosqichida Yaponiyaga qarshi bahsda (1:2) gol o‘tkazib yuborgan. Shundan so‘ng jamoa o‘tgan mundial pley-off bahslari hamda 2026 yildagi turnirdagi barcha uchrashuvlarda darvozasini daxlsiz saqlab kelgan.