Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Gavi JCH-2026 chorakfinalidan o‘rin olgan Belgiya bilan o‘yin oldidan o‘z orzusi haqida gapirdi.
«Doim Jahon chempionati finalida gol urishni orzu qilishimni aytganman. Agar tanlash imkoniyati bo‘lganida, Argentinaga qarshi o‘yinda o‘zimni orqaga tashlab qaychi uslubida gol urishni orzu qilardim (kuladi). Ammo bular — shunchaki orzular. Umid qilamanki, ular ushaladi.
Raqib masalasiga kelsak, Argentinani tanlardim — Messi tufayli. Ammo hozircha biz final sari yo‘ldamiz va kimga qarshi o‘ynashimiz men uchun farqi yo‘q», — deya Gavining so‘zlarini keltiradi Cadena SER.
Gavi: "Finalda Argentina darvozasiga qaychi uslubida gol urishni orzu qilaman"
Futbol
10 iyul, 03:20
Ispaniyalik yarimhimoyachi JCH chorakfinalidan oldin orzulari haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi