Bugun
3
O'zbek

Rudi Garsiya: «Ispaniyaning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Ammo bizda qo'rquv yoki bosim yo'q»

Futbol
10 iyul, 12:06
Belgiya ustozi bo'lajak bahs oldidan fikr bildirdi.
Rudi Garsiya: «Ispaniyaning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Ammo bizda qo'rquv yoki bosim yo'q»
Фото: Getty Images
10.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Belgiya Belgiya

Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya Ispaniyaga qarshi 2026 yilgi jahon chempionati chorakfinali oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Ispaniyaga qarshi bahsda o'zimizga xos eng yaxshi o'yinni namoyish etishni istaymiz. Avvalo o'z kuchimizga ishonishimiz kerak. Fikrimcha, bu bizning asosiy vazifamiz. Albatta, Ispaniya milliy jamoasi favorit hisoblanadi. Ular so'nggi Yevropa chempionatida g'olib chiqishdi, jamoa darajasi juda yuqori.

Lekin bizda hech qanday qo'rquv yoki ruhiy bosim yo'q. Raqibning kuchini yaxshi bilamiz, biroq o'zimizning ham kuchli tomonlarimiz bor va ulardan maksimal foydalanish niyatdamiz.

Imkon boricha, raqibni yengib, yarimfinalga chiqishga bel bog'laganmiz. Bu yo'lda ortga chekinmoqchi emasmiz», — deya Garsiyaning so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Ma'lumot uchun, Ispaniya hamda Belgiya o'rtasidagi chorakfinal uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar