Live
1
O'zbek

Jezush: «Krishtianu hech qachon muammo bo‘lmaydi»

Futbol
10 iyul, 11:36
Portugaliya milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi hujumchi haqida fikrlarini bildirdi.
Jezush: «Krishtianu hech qachon muammo bo‘lmaydi»
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush milliy jamoa hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Avvalroq mutaxassis va Krishtianu Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubida birga ishlagan.

«Krishtianu na milliy jamoa uchun, na men uchun muammo bo‘ladi. Krish — Portugaliya futboli timsoli. U «An Nasr»da qolmoqchi va faoliyatini o‘sha yerda yakunlashni niyat qilgan. Krishtianu bilan ishlash juda oson», — deya Jezush so‘zlaridan iqtibos keltirdi Fabritsio Romano o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-yilgi mavsumda «An Nasr» Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi.

Jahon chempionati-2026da 41 yoshli Ronaldu 3 ta gol urdi, ammo Portugaliya milliy jamoasi 1/8 final bosqichida ishtirokini yakunladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar