Opta superkompyuteri JCH–2026 chorakfinalidan o‘rin olgan Ispaniya va Belgiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv uchun g‘alaba ehtimollarini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, Ispaniyaning asosiy vaqtda g‘alaba qozonish ehtimoli 58,3 foizni tashkil etadi. Belgiyaning g‘alaba qozonish imkoniyati esa 19,1 foiz deb baholangan.
Shuningdek, uchrashuvning asosiy vaqtda durang yakunlanib, qo‘shimcha bo‘limlar yoki penaltilar seriyasiga cho‘zilish ehtimoli 22,6 foizni tashkil qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Ispaniya — Belgiya bahsi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi