Bugun
3
O'zbek

«Real» Chuameni bo‘yicha «MYu»ning taklifini rad etdi

Futbol
10 iyul, 13:29
Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
«Real» Chuameni bo‘yicha «MYu»ning taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Manchester Yunayted»dan Aurelien Chuameni uchun tushgan 120 million yevrolik taklifni qabul qilmadi. Bu haqida Defensa Central xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» fransiyalik 26 yoshli yarimhimoyachini saqlab qolishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, Madrid klubi uning shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsum Aurelien barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar