Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni 2026/27 yilgi mavsum uchun jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi chap qanotda asosiy tanlov hisoblangan Mark Kukurelyaning zaxirasi sifatida ko'rilmoqda.
Shuningdek, «qirollik klubi» Karreras bo'yicha «Manchester Yunayted» va «Chelsi»dan kelib tushgan transfer so'rovlarini rad etgan.
Eslatib o'tamiz, Alvaro Karreras 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Uning «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.