Bugun
28
O'zbek

«Liverpul» va «Manchester Siti» Kamavinga uchun kurash olib boradi

Futbol
9 iyul, 02:30
Mourinio fransiyalik yarimhimoyachini qo'yib yuborishga tayyor.
«Liverpul» va «Manchester Siti» Kamavinga uchun kurash olib boradi
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga APLga yo'l olishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 23 yoshli fransiyalik futbolchiga «Liverpul» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda. «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinio esa Kamavingani qo'yib yuborishga tayyor. Chunki u portugaliyalik mutaxassisning yangi loyihasida asosiy futbolchilardan biri hisoblanmaydi.

Shu bilan birga, yarimhimoyachining o'zi APL klublari qiziqishiga qaramay, «Real»ni tark etishni istamayotgani aytilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Eduardo barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 gol urdi va 1 assist amalga oshirdi. Avvalroq «Real» Kamavinga uchun narx belgilagani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar