Bugun
3
O'zbek

«Real» Kamavinga uchun narx belgiladi

Futbol
30 iyun, 06:04
Madrid klubi fransiyalik yarimhimoyachini 60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Kamavinga uchun narx belgiladi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachi Eduardo Kamavinganing transfer narxini belgilab oldi.

Diario AS xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» 23 yoshli fransiyalik futbolchi uchun kamida 60 million yevro taklif tushsa, uni yozgi transfer oynasida sotishga tayyor.

Hozirda Kamavingaga qiziqish bildirayotgan klublar orasida «PSJ» va «Milan» ham bor. Shuningdek, yaqin kunlarda yarimhimoyachi «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan kelajagi yuzasidan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

Kamavinga o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar