Bugun
3
O'zbek

Marokash muxlislari Niderlandiyada tartibsizliklar keltirib chiqardi

Futbol
30 iyun, 07:30
Voqea milliy jamoaning JCH-2026 1/8 finaliga chiqqanidan keyin yuz berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Marokash muxlislari Niderlandiyada tartibsizliklar keltirib chiqardi
Foto: Getty Images
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya (2) 1 : 1 (3) Marokash Marokash

Marokash milliy jamoasining JCH-2026 1/16 finalida Niderlandiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l olishi ortidan Niderlandiyaning bir qator shaharlarida tartibsizliklar yuzaga keldi.

NL Times xabariga ko‘ra, Amsterdam, Rotterdam va boshqa shaharlarda Marokash muxlislari g‘alabani keng nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi.

Gaaga shahrida tongga yaqin ayrim muxlislar hududni patrul qilayotgan politsiya xodimlariga pirotexnika vositalari va toshlar uloqtirgan. Shundan so‘ng maxsus bo‘linmalar olomonni tarqatish uchun suv purkagichdan foydalangan.

Hodisa oqibatida kamida bir kishi qo‘lga olingani ma'lum qilindi. Shuningdek, Amersfort shahrida ham tartibsizliklar kuzatilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Marokash JCH-2026 1/16 finalida Niderlandiyani 1:1 (penaltilar seriyasida 3:2) hisobida mag‘lub etib, chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi marokashliklar 1/8 finalda Kanadaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar