Bugun
3
O'zbek

Anri Kumanning besh himoyachidan iborat sxemasini tanqid qildi

Futbol
30 iyun, 05:01
Fransiyalik afsona Niderlandiya Marokashdan cho‘chiganini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Anri Kumanning besh himoyachidan iborat sxemasini tanqid qildi
Foto: Getty Images
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya (2) 1 : 1 (3) Marokash Marokash

Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri JCH-2026 1/16 finalida Niderlandiyaning Marokashga penaltilar seriyasida (1:1, penaltilar — 2:3) mag‘lub bo‘lganidan keyin bosh murabbiy Ronald Kumanning taktik qarorini tanqid qildi.

Kuman ushbu bahsda jamoani besh himoyachi bilan maydonga tushirgandi.

«Aslida, siz bu qaroringiz bilan Marokashdan qo‘rqayotganingizni ko‘rsatdingiz. Agar g‘alaba qozonsangiz — haq bo‘lasiz. Mag‘lub bo‘lsangiz — nohaq bo‘lasiz.

Rostini aytsam, bu sxemadan juda hayron qoldim. Chunki Niderlandiya odatda bunday uslubda o‘ynamaydi. Ammo bu borada Kumanning o‘z qarashi bor», — dedi Anri Fox efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar