Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 1/16 finalida Paragvayga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etganidan so‘ng jamoaning natijalariga baho berdi.
«1/16 finalda musobaqani tark etish biz uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan natija. Germaniya ketma-ket uchinchi Jahon chempionatida turnirni erta tark etmoqda. Shunday natijalardan keyin endi bizni birinchi darajali jamoa deb bo‘lmaydi. Barchamiz juda xafamiz», — dedi Nagelsmann ESPN nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya va Paragvay o‘rtasidagi 1/16 final bahsining asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa Paragvay 4:3 hisobida ustun kelib, chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.