Live
1
O'zbek

Paragvay prezidenti Germaniyaga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng mamlakatda dam olish kuni e'lon qildi

Futbol
29 iyun, 22:00
Endi Paragvay keyingi bosqichda Fransiya — Shvetsiya juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Paragvay prezidenti Germaniyaga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng mamlakatda dam olish kuni e'lon qildi
Foto: Presidencia Paraguay
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya (3) 1 : 1 (4) Paragvay Paragvay

Paragvay prezidenti Santiago Penya 2026 yildagi jahon chempionati 1/16 final bosqichidagi Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng mamlakatda dam olish kuni e'lon qildi.

Janubiy Amerika vakili Germaniya milliy jamoasi bilan kechgan bahsning asosiy va qo‘shimcha vaqtida 1:1 hisobini qayd etdi hamda penaltidan keyingi seriyada 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Paragvay chorakfinal yo‘llanmasi uchun Fransiya — Shvetsiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Jamoa g‘alabasidan keyin siyosatchi 30 iyun, seshanba kuni mamlakatda rasmiy dam olish kuni bo‘lishini ma'lum qildi.

“Paragvay hech qachon taslim bo‘lmaydi!” — deb yozdi Penya ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, prezident bunday qaror qabul qilish vakolatiga ega. Amaldagi qonun unga bir yil davomida qo‘shimcha 3 ta dam olish kunini belgilash huquqini beradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar