Live
1
O'zbek

Nagelsmann: "Agar Germaniya futbol federatsiyasi xohlasa, ishni davom ettiraman"

Futbol
29 iyun, 21:30
Germaniya bosh murabbiyi Paragvayga uchralgan mag'lubiyatdan keyin ham jamoada qolishga tayyorligini bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Nagelsmann: "Agar Germaniya futbol federatsiyasi xohlasa, ishni davom ettiraman"
Foto: Bayern & Germany
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya (3) 1 : 1 (4) Paragvay Paragvay

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 2026 yildagi jahon chempionati 1/16 final bosqichidagi Paragvayga uchralgan mag'lubiyat (1:1, pen.ser 3:4)dan keyin ham jamoada qolishga tayyorligini bildirdi.

"Men ishni davom ettirishni xohlayman. Agar Germaniya futbol federatsiyasi ham shuni istasa, men tayyorman.

Agar ular boshqacha qaror qilgan bo'lsa, buni ochiq aytishlari kerak. Men qochib ketadigan insonlar toifasiga kirmayman. Bu haqida gap ham bo'lishi mumkin emas", — dedi Yulian.

Ma'lumot o'rnida, Nagelsmannning Germaniya futbol federatsiyasi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar