Live
1
O'zbek

Nagelsmann mashg'ulotlardan tashqari vaqtda Germaniya futbolchilari bilan umuman gaplashmayapti

Futbol
29 iyun, 14:05
O'yinchilarda xavotir bor.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Nagelsmann mashg'ulotlardan tashqari vaqtda Germaniya futbolchilari bilan umuman gaplashmayapti
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann mashg'ulotlardan tashqari vaqtda futbolchilar bilan deyarli muloqot qilmaydi. Bu haqda Daily Mail nashri Bild'ga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko'ra, futbolchilar murabbiyning o'yinlar oldidan ularni «noaniqlikda qoldirayotgani»dan xavotir bildirishgan.

Jamoa Nagelsmannning matbuot anjumanida Ekvadorga (1:2) qarshi bahs uchun tarkibda faqat kichik o'zgarishlar bo'lishini aytganidan hayratda qolgan.

Bellashuv oldidan o'tkazilgan so'nggi mashg'ulotda murabbiy hujum uchligini Florian Virtz, Leroy Sane va Maksimilian Bayer bilan sinab ko'rgan. Biroq keyin asosiy tarkibda Bayer o'rniga Jamol Musialani maydonga tushirgan.

Ekvadordan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Nagelsmann futbolchilarga jamoada «har bir o'yinchiga imkoniyat berishni istaganini» aytgan.

Jahon chempionatining 1/16 finalida Germaniya Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 29 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar