Live
1
O'zbek

Shaxmat marafoni bo'yicha jahon rekordi yangilandi

Boshqa sportlar
29 iyun, 13:45
Peru poytaxtida o'tgan turnirda 69,5 soat to'xtovsiz shaxmat o'ynaldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Shaxmat marafoni bo'yicha jahon rekordi yangilandi
Foto: WR Chess

Peru poytaxti Lima shahrida Vadim Rosenstein tomonidan tashkil etilgan shaxmat marafoni o'z nihoyasiga yetdi. Ushbu marafonda 854 nafar ishtirokchi qatnashib, 69,5 soat davomida to'xtovsiz shaxmat o'ynashdi, deb yozadi Uz Chess.

Bu vaqt oralig'ida jami 12,445 ta partiya o'ynaldi. Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi esa naqd 100 000 AQSH dollarini tashkil qildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldingi rekord nigeriyalik Tunde Onakoyaga tegishli bo'lib, u Nyu-Yorkdagi Tayms-skverda 64 soat to'xtovsiz shaxmat o'ynagandi.

«Boshida hamma narsa mukammal bo'lmagani ham meni xursand qiladi. Yangi narsa yaratishning go'zalligi ham shunda. Biz hali ko'p narsalarni o'rganishimiz kerak va buni faqat amaliyot orqali uddalaymiz.

O'tgan bir necha kun ichida men minglab baxtli yuzlarni ko'rdim. Bu tabassumlar menga shaxmatni butun dunyo bo'ylab rivojlantirishga kuch beradi», — deydi rekord ortida turgan tashkilotchi Vadim Rosenstein.

Bugungi yangiliklar