Chexiya milliy jamoasi bosh murabbiy Miroslav Koubek iste'foga chiqdi. Bu haqda Chexiya futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilgan.
Ma'lumot uchun, Koubek 2025 yil dekabr oyida Chexiya milliy jamoasining bosh murabbiyi sifatida ish boshlagandi. Uning rahbarligi ostida jamoa pley-off o'yinlarida Irlandiya va Daniya terma jamoalarini mag'lub etib, 20 yil ichida birinchi marta jahon chempionatiga yo'llanma oldi.
Biroq mundialning oʻzida chexiyaliklarning ishlari yaxshi kechmadi. Jamoa guruh bosqichining uch turida atigi bir ochko to'plab, turnirni tark etdi – Janubiy Koreya (1:2), JAR (1:1), Meksika (0:3).