"Barselona" yarimhimoyachisi Mark Kasado yozgi transfer oynasida jamoani tark etadi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Kataloniya rahbariyati va 22 yoshli futbolchi o'zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunlashga qaror qilgan.
La Liga grandi Kasadoning transferidan 20–25 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Futbolchiga "Milan", "Beshiktosh", "Al Hilol", "Monako", "Deportivo", "MYU" va "Chelsi" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda Kasado barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.