Live
1
O'zbek

Forlan Ronalduning Jahon chempionati o‘yinlaridagi asosiy muammosini aytdi

Futbol
29 iyun, 13:20
Urugvaylik sobiq hujumchining fikricha, Krishtianu joyini tez-tez o‘zgartirishi kerak.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Forlan Ronalduning Jahon chempionati o‘yinlaridagi asosiy muammosini aytdi
Foto: Getty Images

Urugvaylik sobiq hujumchi Diego Forlan Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy jamoasi safidagi o‘yinlaridagi asosiy muammoni aytib o‘tdi.

«Hujumchi sifatida aytsam, muammo shundaki, Krishtianu hujum markazida harakat qiladi — bu uning eng kuchli jihati. U haqiqiy «to‘qqizlik» sifatida o‘ynaydi va golli vaziyatlarni yakunlash uchun oldingi chiziqda qoladi. Endi u to‘pni qabul qilish uchun ortga tushmaydi. Ammo bu, oxir-oqibat, Portugaliyaning imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.

Bu — odatiy holat: «Men darvozaga yaqin tursam, gol urish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi», deb o‘ylaysiz. Lekin bu jamoaga zarar yetkazayotganini tushunmaysiz. Chunki raqibning ikki markaziy himoyachisi ham o‘z joyida qoladi, siz esa harakat qilmaysiz. Ulardan biri sizni mo‘ljal sifatida nazorat qiladi, ikkinchisi esa uni sug‘urtalaydi. Natijada hech kim sizga to‘p yetkazib bera olmaydi, chunki barcha bo‘sh hududlar yopilib qoladi.

Agar u biroz qanotga siljiganida, boshqa futbolchilar bo‘sh hududga yugurib kirar va u ham golli vaziyat yarata olardi. Aynan shu yerda Portugaliya xato qilmoqda. Ronaldu buni tushunishi kerak. Unga: «Harakat qil, joyingni o‘zgartir — shunda nimadir qila olasan», deb aytish lozim»
, — dedi Forlan ESPN nashriga bergan intervьyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar