Portugaliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Rikardu Kuarejma Jahon chempionati-2026 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Kolumbiyaga (0:0) qarshi bahsdan so‘ng hamyurtlarining o‘yinini tanqid qildi.
Portugaliya 1/16 finalda Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi.
«Jamoaga quvonch va ijodkorlik yetishmayapti, ishtiyo‘q yo‘q, bizga doim xos bo‘lgan jasorat ko‘rinmayapti, istak yo‘q. Xarakter ham yetishmayapti. O‘yinni stadiondan tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldim. Ular charchagandek, ruhiy tushkun holatda ko‘rindi.
Ular jahon futbolidagi eng muhim musobaqada ishtirok etishyapti. Futbolchilarda mahorat ham, iqtidor ham yetarli. Ammo quvonch, ishtiyo‘q, ijodkorlik va tavakkalchilik yetishmayapti. Yigitlar risk qilishga qo‘rqishyapti», — deydi Kuarejma LiveModeTV efirida.
Kuarejma: «Portugaliyaga quvonch, ijodkorlik va xarakter yetishmayapti»
Futbol
28 iyun, 18:15
Sobiq futbolchi hamyurtlarining mundialdagi o‘yinlarini tanqid qildi.
Foto: Getty Images