Bugun
11
O'zbek

Ziko: "Braziliya Yaponiyaga mag'lub bo'lsa, hafa bo'lmayman"

Futbol
28 iyun, 18:40
Braziliyalik sobiq futbolchi o'z vaqtida quyosh chiqadigan yurtida ham faoliyat yuritgan.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Ziko: "Braziliya Yaponiyaga mag'lub bo'lsa, hafa bo'lmayman"
Foto: Getty Images
29.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya - : - Yaponiya Yaponiya

Braziliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Ziko Jahon chempionati 1/16 finalidan o'rin olgan Yaponiya qarshi bo'ladigan bahs haqida fikr bildirdi.

Ziko 1991-1994 yillarda Yaponiyada to'p tepgan, 2002-2006 yillarda esa Osiyo jamoasining bosh murabbiyi bo'lgan. Shuningdek, u o'zi to'p tepgan "Kashima Antlers" klubida turli lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.

"Albatta, men Braziliyaga muxlislik qilaman. Braziliyaga qarshi o'yinda Yaponiya milliy jamoasini boshqarishdan ham og'irroq holat bo'lishi mumkinmi? Men bunday vaziyatga ikki marta tushganman.

Agar Braziliya g'alaba qozonsa, bu ajoyib bo'ladi, chunki braziliyalikman. Ammo agar ular mag'lub bo'lsa ham, hafa bo'lmayman, chunki Yaponiya futbolida ham mening bir bo'lagim bor"
, — deya Zikoning so'zlarini keltiradi Globo.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar