Bugun
11
O'zbek

Neymar Jahon chempionati qaydnomasiga kiritilgach, Braziliyadagi 5 bolaga uning ismi qo'yildi

Futbol
28 iyun, 16:10
Umuman 2026 yilda 25 nafar bolaga Neymar ismi qo'yilgan.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Neymar Jahon chempionati qaydnomasiga kiritilgach, Braziliyadagi 5 bolaga uning ismi qo'yildi
Foto: Getty Images

Braziliyada hujumchi Neymarning 2026 yilgi Jahon chempionati uchun milliy jamoaga chaqirilishnidan so'ng 5 nafar yangi tug'ilgan chaqaloqqa uning ismi qo'yildi.

Bu haqida g1 nashri San-Paulu shtatining Jismoniy shaxslarni ro'yxatga oluvchilar uyushmasi ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

Neymar 18 may kuni Braziliya milliy jamoasiga chaqirilgandi. Shundan so'ng Simoneziya, Kuritiba, Rio-de-Janeyro, Praya-Grandi va Sentenariu shaharlarida tug'ilgan 5 nafar chaqaloqqa Neymarning ismi berildi.

Umuman olganda, 2026 yilda Braziliyada 25 nafar bolaga Neymar ismi qo'yilgan.

Arpen ma'lumotlariga ko'ra, 2022-2026 yillar oralig'ida Braziliyada jami 142 nafar bolaga Neymar ismi berilgan. Futbolchining professional faoliyati boshlanganidan keyingi Jahon chempionatlari yillarida bu nom bilan ro'yxatdan o'tkazilgan chaqaloqlar soni bosqichma-bosqich kamayib borgan: 2010 yilda — 186 nafar, 2014 yilda — 157 nafar, 2018 yilda — 67 nafar va 2022 yilda — 40 nafar.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar