Bugun
6
O'zbek

Klopp: "Braziliya uchun Anchelottidan munosib nomzod yo'q. U birgina qosh ko'tarishi bilan istalgan jamoani boshqara oladi"

Futbol
25 iyun, 13:45
"Liverpul" sobiq ustozining fikricha, braziliyaliklarga omad kulib boqgan.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Klopp: "Braziliya uchun Anchelottidan munosib nomzod yo'q. U birgina qosh ko'tarishi bilan istalgan jamoani boshqara oladi"
Foto: Getty Images

"Liverpul"ning sobiq ustozisi Yurgen Klopp Karlo Anchelottining Braziliya milliy jamoasini boshqarayotgani haqida fikr bildirdi.

– Anchelottining Braziliyadagi ishiga qanday qaraysiz?

– Juda yaxshi. Agar men braziliyalik bo'lganimda va mendan milliy jamoa uchun ideal murabbiy kimligini so'rashganda, ikkilanmasdan Karlo deb javob bergan bo'lardim. U hatto birgina qosh ko'tarishi bilan istalgan milliy jamoani boshqara oladi.

Menimcha, Braziliyaning salohiyati juda katta, ammo uni ochib berish uchun kimdir kerak. Ularga taktik intizom yetishmaydi va bu jihatdan ularning o'sishiga yordam berishda Karlodan ko'ra munosib nomzod yo'q. U — ajoyib mutaxassis. Braziliyaliklarga omad kulib boqgan,
— deya Kloppning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar