«Chelsi» yarimhimoyachisi Koul Palmer ilk bor Angliya milliy jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasiga kiritilmagani haqida fikr bildirdi.
Hozirda futbolchi mavsum oralig‘idagi ta’tilini Ispaniyaning Ibiza orolida o‘tkazmoqda.
«Bu yozda dam olaman. So‘nggi uch-to‘rt yil ichida ilk bor to‘liq hordiq chiqaraman va keyin yana o‘zim sevgan ishga qaytaman», — dedi Palmer.
22 yoshli futbolchi JCH-2026 qaydnomasiga kiritilmadi. Shuningdek, Harri Maguayr, Fil Foden va Trent Aleksander-Arnold ham mundialdan chetda qolgan taniqli futbolchilar qatoridan joy oldi.
«Bu men uchun eng yaxshi mavsum bo‘lmadi, ammo endi buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. O‘zgartirishning imkoni bo‘lmagan qaror uchun qayg‘irishni istamayman. Terma jamoaga esa turnirda omad tilayman», — deya qo‘shimcha qildi Palmer.
Shuningdek, u dam olish jadvali imkon bersa, Angliya milliy jamoasining o‘yinlarini kuzatib borishini ham aytdi.