"Manchester Siti" klubi "Chelsi" himoyachisi Malo Gyusto uchun taklif tayyorlamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi kutilayotgan Entso Mareska himoyada fransiyalik futbolchini ko'rishni istamoqda.
O'z navbatida "Chelsi" Maloning kelajagi borasida hali to'liq bir qarorga kelmagan. Ammo uning transferi uchun 50-55 million yevro talab qilishi mumkin.
O'tgan mavsumda Gyusto barcha turnirlarda 49 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta assistni qayd etgan.
Ma'lumot uchun, "Manchester Siti" APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi, lekin shu bilan birga Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo'lga kiritdi.