«Chelsi» klubi «Atalanta» himoyachisi Marko Palestra transferini yakunlashga yaqin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi 21 yoshli futbolchini sotib olish bo'yicha muzokaralarda muhim bosqichga yetgan.
Qayd etilishicha, «Chelsi» Palestra uchun 50 million yevro to'lashga tayyor. Bonuslar inobatga olinsa, kelishuvning umumiy qiymati 55 million yevrodan oshishi mumkin.
Avvalroq Palestraga «Inter» klubi ham qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.
O'tgan mavsumda Marko A Seriyada 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.