Live
1
O'zbek

Ronaldu JChda dubl qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

Futbol
23 iyun, 17:44
Krishtianu bu borada Messini ortda qoldirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Ronaldu JChda dubl qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi
Фото: Getty Images

Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlari tarixida yana bir rekord qayd etdi.

JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Portugaliya milliy jamoasi Oʻzbekistonga qarshi maydonga tushdi. Ronaldu 6 va 39-daqiqalarda gol urib, dubl muallifiga aylandi.

Shu tariqa portugaliyalik hujumchi jahon chempionatlari tarixida bitta oʻyinda ikki gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Oʻzbekiston bilan bahs vaqtida Ronaldu 41 yosh 138 kunlik edi.

Avval ushbu rekord Lionel Messiga tegishli edi. Argentina sardori JCh-2026 doirasida Avstriyaga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgan va oʻsha paytda 38 yosh 363 kunlik boʻlgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar