Bugun
6
O'zbek

«Milliy jamoamizga Kolumbiyaga qarshi debyut o'yinga nisbatan, Portugaliya bilan engilroq bo'lsa kerak» — Maksim Shatskix bilan suhbat

Eksklyuziv
23 iyun, 07:52
Tribuna.uz jurnalisti Shatskix bilan bog'landi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Milliy jamoamizga Kolumbiyaga qarshi debyut o'yinga nisbatan, Portugaliya bilan engilroq bo'lsa kerak» — Maksim Shatskix bilan suhbat
Фото: Андижон ПФК
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

O'zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri bo'lgan va hozirda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanayotgan Maksim Shatskix ayni paytda Qirg'iziston chempionatida ishlamoqda.

Uning boshqaruvidagi «Aziya Talas» jamoasi ko'pchilikni hayron qoldirgan holda chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Ko'rinib turibdiki, u yerda Shatskixning ishlari yaxshi. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, Maksim Aleksandrovichga BAAdan ham taklif bo'layotgani haqida xabarlar bor.

Tribuna.uz jurnalisti Shatskix bilan bog'lanib, u yerdagi faoliyati, murabbiylik ishi va milliy jamoamizning mundialdagi ishtiroki borasidagi savollarga javob olishga erishdi.

- Maksim Aleksandrovich, Qirg'iziston chempionatidagi murabbiylik faoliyatingiz yaxshi kechayapti. Bu o'zingizga ham yoqayaptimi?

- Savolingizga javobim shunday: biror joyga shoshilishning keragi yo'q. Hali oldinda amalga oshirilishi kerak bo'lgan murakkab va qiziqarli ishlar ko'p. Biz shunchaki o'z ishimizni sifatli bajarishni istaymiz.

- Eshitishimizga qaraganda, sizga BAAdan taklif bor ekan. Shu masalani tasdiqlay olasizmi?

- Ha, takliflar kelib tushdi. Biz hozir hammasini qanday qilish borasida muloqot boshlash jarayonida turibmiz.

- O'zbekiston milliy jamoamizning mundialdagi ilk o'yinidan keyin qanday xulosalar paydo bo'ldi?

- Afsus, 1-bo'limni ko'rishning iloji bo'lmadi. O'yinning ikkinchi yarmidan ko'rdim. Yigitlar harakat qilishdi va urinishlari chakki emas. Menga ularning hayajonlanganlari sezilib turdi va bundoq olib qarasa, buni tushunish mumkin. Harqalay, debyut. Lekin yigitlarning sa'y-harakatlari juda ilik taassurot qoldirdi. Ular yurtimiz sha'nini himoya qilishayotganini his qilgan holda o'ynashdi. Kolumbiya - ancha jiddiy, kuchli raqib. Yana 2-bo'limda ko'rganlarimdan kelib chiqib aytaman, yigitlarimizga qoyil qolsa arziydi. Hisobni tenglashtirishdi, keyin hisobda ortda qola boshlaganlarida ham gol kiritish payida bo'ldilar.

- Milliy jamoamizni endi Portugaliyaga qarshi og'ir o'yin kutmoqda. Bu o'yindan nima kutyapsiz va ijobiy natijaga erishish uchun nima qilishimiz kerak, deb o'ylaysiz?

- Portugallar Ronaldu uchun o'ynaydi. Ammo, o'ylaymanki, yigitlarimizga dastlabki o'yinga nisbatan ancha engilroq bo'lsa kerak. Axir, ular JCH haroratini his qilishdi. Bu o'yindan nimani kutyapman: uchrashuv uchun taktikalarni murabbiylar tanlashadi. Asosiysi, yigitlarimiz hayajonni unitib o'z o'yinlarini o'ynashga harakat qilishlari kerak. Menimcha, biznikilar qarshi hujum taktikasi asosida o'ynashsa kerak. Harqalay, raqib juda jiddiy.

- Mundialni kuzatib boryapsizmi? Siz uchun mundialdagi favoritlar kimlar?

- Albatta, kuzatyapman. Biroq ko'pincha sharhlarni tomosha qilmoqdaman. Chunki mintaqalardagi vaqt tafovuti tufayli yarim tunda yo tong saharda o'yinlarni kuzatish oson emas. Imkoniyatdan kelib chiqyapman. Favoritlarmi, bir do'stim bilan bahslashdik, men Ispaniya bilan Fransiyani, u bo'lsa Angliya va Niderlandiyani tanlagan.

- Qirg'iziston chempionatining saviyasi hozir qay darajada?

-.Qirg'izistonda futbol saviyasi o'ziga yarasha baland. Futbolchilar tezkor, hakamlar ham sal narsaga hushtak chalmay, o'ynashga berishadi. Futbolchilar tezkor bo'lishsa, o'yinda ham xavfli vaziyatlar shunga monand ravishda yuqori bo'ladi.

- Boshqaruvingizdagi klub peshqadam bo'lib turibdi. Asosiy maqsad chempionlikmi yoki jamoangiz kutilmagan natijalar ko'rsatmoqda?

- Biz yangi jamoani tashkil qilyapmiz. O'z ishimizni iloji boricha sifatli tarzda bajarishga harakat qilyapmiz. Bu urinishlarimiz o'zini qanday oqlashini noyabrga borib bilib olishimiz mumkin bo'ladi.

- Agar sizga Qirg'iziston milliy jamoasi bosh murabbiyligini taklif qilishsa, bunga rozi bo'larmidingiz?

- Qirg'iziston milliy jamoasi ustoziga aylanish borasida hech qanday gap yo yangilik eshitmadim. Agar taklif tushsa, o'rganib chiqamiz.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar