Bugun
6
O'zbek

Tramp Jahon chempionati finaligacha stadionga tashrif buyurishni rejalashtirmayapti — The Telegraph

Futbol
23 iyun, 06:40
AQSH prezidenti finalgacha mundial o‘yinlarini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurish ehtimoli past.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Tramp Jahon chempionati finaligacha stadionga tashrif buyurishni rejalashtirmayapti — The Telegraph
Foto: Getty Images

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp jahon chempionati-2026 final uchrashuvigacha bo‘lgan o‘yinlarda ishtirok etishi kutilmayapti.

Manbaning ma’lum qilishicha, prezidentning finalgacha stadionga tashrifi faqat AQSH milliy jamoasi yarimfinalga chiqqan taqdirda amalga oshishi mumkin. Hozirgi kunda jahon chempionati o‘yin va tadbirlari siyosatchining rejalariga kiritilmagan — 4 iyul kuni u AQSHda Mustaqillik kunini nishonlashga e’tibor qaratadi.

O‘z navbatida, Tramp musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida qatnashishi mumkin — aynan Donald JCH finalida g‘olib jamoa sardoriga kubokni topshirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan Jahon chempionati-2026 19-iyulgacha davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar