Norvegiya milliy jamoasi forvardi Erling Holand JCH-2026 guruh bosqich 3-turi doirasidagi Fransiyaga qarshi bo‘ladigan bahs borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«To‘g‘risini aytsam, hozir bu o‘yin unchalik ham ahamiyatli emas! Biz keyingi bosqichga chiqdik — biz pley-offga chiqishni uddaladik, bu aql bovar qilmas daraja, shuning uchun bu o‘yin meni endi unchalik qiziqtirmaydi. Katta ehtimol bilan ular avval bizni, keyin — musobaqani yutishadi», — deya Holand so‘zlaridan iqtibos keltirdi Actu Foot.
Ma’lumot uchun, Norvegiya milliy jamoasi ikki turda 6 ochko jamg‘ardi va I guruhida ikkinchi o‘rin hamda pley‑off yo‘llanmasini naqd qildi. Guruh yetakchiligi Fransiyaga nasib qildi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Norvegiya milliy jamoalari bahsi 26-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.