«Barselona»ning sobiq futbolchisi Aleksandr Gleb Argentina milliy jamoasining hujumchisi Lionel Messining yangi rekordi haqida fikr bildirdi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Avstriyaga qarshi bahsda u mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
«Messi shundoq ham afsonaviy va eng yaxshisi. Uning 38 yoshida ham rekordlarni yangilashi ajablanarli emas. Avstriya bilan uchrashuvda u ikki marta to‘p kiritdi, lekin to‘rtta gol ham urishi mumkin edi. Shunchaki ajoyib. Hozir Messining o‘yinlarini tomosha qilayotgan barcha ulgurib qolishi kerak. Axir u ham tez orada faoliyatini tugatadi, yanada muhimi, biz bu narsani kuzatish imkoniga egamiz.
Men Messi va Ronalduni solishtirmagan bo‘lardim. Dunyoda Messining ko‘p muxlislari bor va Ronalduni eng yaxshi deb hisoblaydiganlar ham yetarlicha topiladi. Futbol tarixida bunday holatlar ko‘p bo‘lgan. Lekin shaxsan men uchun bu ikki afsonaviy va iste’dodli futbolchilar. Ronaldu doim... Past emas, lekin shunchaki argentinalikning yonida bo‘lgan. Leo esa — eng buyugi», — dedi Gleb intervyuda.