Ispaniya milliy jamoasi kecha, 22 iyun kuni to'liq mashg'ulot o'tkaza olmadi. Bu haqida Sport.es nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, «qizil furiya» futbolchilari mashg'ulot maydoniga chiqqan, ammo 20 daqiqadan so'ng bo'ron haqidagi ogohlantirish sabab mashg'ulotni to'xtatishga majbur bo'lgan. Keyinchalik futbolchilar zalda jismoniy mashqlar bilan cheklangan.
Ma'lumot o'rnida, jahon chempionati guruh bosqich 2-turidan so'ng Ispaniya milliy jamoasi 4 ochko to'plab, o'z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Luis de la Fuente shogirdlari navbatdagi o'yinini Urugvayga qarshi o'tkazadi.
Avvalroq Shveytsariya milliy jamoasi zaharli ilonlar sabab keng qamrovli mashg'ulot dasturidan voz kechgani ma'lum qilingandi.