Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Enso Fernandes Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuentening yarimhimoya chizig‘i haqidagi fikrlariga javob berdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
«Ispaniyada dunyoning eng yaxshi yarimhimoyalaridan biri bor, chunki ular tarkibida juda kuchli futbolchilar jamlangan.
Ammo yakunda bu shunchaki fikrlar. Kim yaxshiroq, kim kuchsizroq ekanligi maydonda hal bo‘ladi», — dedi Fernandes.
Avvalroq Luis de la Fuente Ispaniya milliy jamoasi dunyodagi eng kuchli yarimhimoya chizig‘iga egaligini ta’kidlagandi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya va Argentina jamoalari so‘nggi yillarda xalqaro maydondagi eng muvaffaqiyatli jamoalardan biri bo‘lib kelmoqda. Argentina amaldagi jahon chempioni bo‘lsa, Ispaniya Yevropa chempioni hisoblanadi.