Bugun
6
O'zbek

Ouen: «Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsda het-trik qilsa, hayron bo‘lmayman»

Futbol
22 iyun, 05:05
Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu tanqidlariga munosabat bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ouen: «Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsda het-trik qilsa, hayron bo‘lmayman»
Foto: Getty Images
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen Krishtianu Ronalduga qaratilayotgan tanqidlar haqida fikr bildirdi.

Portugaliya Jahon chempionati-2026 guruh bosqichidagi ilk bahsda Kongo DR bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 41 yoshli hujumchi maydonda to‘liq harakat qilgan bo‘lsa-da, samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

«Messining het-trigi Portugaliya bahsi oldidan Krishtianuga yordam bermaydi, ammo men uni tanqid qilmoqchi emasman.

Portugaliya Kongo DRga qarshi o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etmadi va tanqidlarning katta qismi Ronaldu jamoa uchun muammo bo‘lgani bilan bog‘lanmoqda.

Lekin u doim shunday o‘ynamaganmi? So‘nggi yillarda u faol harakat qilmasdi, biroq hal qiluvchi vaziyatlarda o‘z so‘zini aytardi. Agar u gol urmasa, aybni unga yuklash juda oson. 41 yoshda bo‘lsangiz, har doim savollar ostida qolasiz.

Ammo bunday holatlar avval ham ko‘p kuzatilgan va Ronaldu keyingi bahslarda tanqidchilarning ovozini o‘chirib qo‘ygandi. O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi bahsda u het-trik qilsa, bundan hayron bo‘lmayman», — dedi Ouen Goal nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi turida O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar