Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Diogu Dalot jamoadoshi Krishtianu Ronalduning tanqidlarga bardosh bera olishiga ishonishini bildirdi.
«Krishtianu tanqidlarga qanday javob qaytarishini hamma biladi. U milliy jamoada 20 yildan ortiq tajribaga ega.
O‘ylashimcha, Ronaldu jamoaga ishonch bag‘ishlaydi. Tanqid esa bu — o‘yinning bir qismi. Ayniqsa, biz qatnashayotgan turnir dunyodagi eng yirik musobaqalardan biri, balki eng yirigi ekanini hisobga olsak.
U bizga berayotgan ishonch, biz unga berayotgan ishonch doim bir xil bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. U milliy jamoa sharafini himoya qilarkan, Krishtianu doim o‘ynashga tayyor bo‘ladi», — dedi Dalot.
Avvalroq portugaliyalik agent Paulu Barboza Ronaldu jamoaning jahon chempioni bo‘lishiga halaqit qilishini aytib o‘tgan edi.