Bugun
22
O'zbek

«Ronaldu jamoaning jahon chempioni bo'lishiga halaqit qiladi. U borligida 10 kishi bo'lib o'ynayapmiz» — portugaliyalik agent

Futbol
19 iyun, 01:50
Paulu Barboza jamoaning Kongoga qarshi o'yinini keskin tanqid qilib, guruhda qolib ketishi xavfi borligini ta'kidladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Ronaldu jamoaning jahon chempioni bo'lishiga halaqit qiladi. U borligida 10 kishi bo'lib o'ynayapmiz» — portugaliyalik agent
Foto: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 1 : 1 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Portugaliyalik agent Paulu Barboza JCh-2026 Portugaliya milliy jamoasining JCh-2026 1-turidan o'rin olgan Kongoga (1:1) qarshi o'yinini keskin tanqid qildi.

«Kongoga qarshi juda yomon o'ynadik va mening fikrimcha, hatto durang natijaga ham munosib emasdik. Bu men so'nggi 10 yil ichida ko'rgan Portugaliyaning eng yomon o'yini bo'ldi.

Krishitanu haqida gapiradigan bo'lsak, nazarimda, unga asosiy tarkibda o'rin yo'q. Qolaversa, Ronalduning egosi Portugaliyaga jahon chempionligini qo'lga kiritishda halal berishi mumkinligidan xavotirdaman.

Menimcha, u maydonda bo'lgan paytda jamoa amalda 10 kishi bo'lib harakat qiladi. Eng achinarliysi shundaki, milliy jamoa ancha yaxshiroq o'ynay oladi. Ammo agar shu holat davom etsa, guruhdan ham chiqa olmaslik xavfi bor.

Shu bilan birga, Portugaliya haqiqatan ham jahon chempionligi uchun da'vogarlardan biri hisoblanadi. Jamoaning hujum chizig'ida Krishitanuan tashqari ham yaxshi variantlar bor — Joau Feliks, Gonsalu Ramush va Rafael Leau. Ular hujumda ancha rang-barang va samarali o'yin ko'rsata oladi.

Ammo hozircha jamoa Ronaldunga haddan tashqari bog'lanib qolgan. Roberto Martines Krishitanuuni almashtirishdan cho'chiyotgandek tuyuladi, go'yoki bu uning ruhiyatiga ta'sir qilib qo'yishidan xavfsirayotgandek.

O'zgarishlar bo'lishiga umid qilish qolmoqda, aks holda portugaliyalik muxlislarni katta ko'ngilsizlik kutishi mumkin»
, — deya Barbozaning so'zlarini keltiradi RB Sport.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar