Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kongo DR (1:1) bilan kechgan bahsdan so'ng muxlislarga murojaat qildi.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya mundialning 1-turida Afrika vakili bilan durang qayd etdi. Ronaldu yana gol ura olmadi.
"Bu biz xohlagan start emas, lekin yakungacha hali juda uzoq yo'l bor. E'tiborni keyingi o'yinga qaratamiz", — deb yozdi Ronaldu X ijtimoiy tarmog'ida.
Ma'lumot uchun, Portugaliya milliy jamoasi turnirning 2-tur bellashuvini 23 iyun kuni O'zbekistonga qarshi o'tkazadi. Bu bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.