Jahon chempionatining 1-turida Portugaliya milliy jamoasi Kongo DR bilan bellashdi.
Bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Dastlab 6-daqiqada Joau Nevesh hisobni ochdi. Birinchi boʻlimning soʻnggida Yoan Vissa muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, turnirning yana sensatsiya natijasi qayd etildi. Portugaliya ikkinchi turda 23 iyun kuni Oʻzbekistonga qarshi bellashadi. Kongo DR esa Kolumbiya bilan oʻynaydi.
JCh-2026. 1-tur
Portugaliya – Kongo DR 1:1
Gollar: Nevesh 6 – Vissa 45+5
Portugaliya – Koshta, Kanselu, Araujo, Veiga, Mendesh (Semedu, 72), Vitinya (Ramush, 83), Joau Nevesh, Netu (Leau, 71), Fernandesh, Silva (Konseysau, 46), Ronaldu.
Kongo DR – Mpasi-Nzo, Van Bissaka (Kalulu, 85), Tuanzebe, Kapyuadi, Mbemba, Masuaku (Kayembe, 74), Mukau (Sadiki, 57), Mutussami, Kayembe, Bakambu (Banza, 85), Vissa.
Ogohlantirishlar: Silva 13, Semedu 88, Araujo 90+2 – Mbemba 32.