Bugun
6
O'zbek

Ronaldu jahon chempionatlarida Maldinining natijasiga yetib oldi

Futbol
18 iyun, 06:40
Portugaliyalik afsona mundialdagi o‘yinlar soni bo‘yicha yana bir tarixiy marraga yetdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ronaldu jahon chempionatlarida Maldinining natijasiga yetib oldi
Foto: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 1 : 1 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Kongo DRga qarshi bahsda maydonga tushib, navbatdagi rekord natijani qayd etdi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, ushbu uchrashuv 41 yoshli futbolchi uchun jahon chempionatlari doirasidagi 23-o‘yin bo‘ldi.

Shu tariqa, Ronaldu Italiya futboli afsonasi Paolo Maldinining mundiallarda o‘tkazgan o‘yinlari soniga tenglashdi.

Mazkur reytingda portugaliyalik yulduzdan faqat uch futbolchi yuqorida joylashgan:

Lionel Messi (Argentina) — 27 o‘yin;
LotarMatteus (Germaniya) — 25 o‘yin;
Miroslav Kloze (Germaniya) — 24 o‘yin.

Ronaldu uchun bu jahon chempionatidagi oltinchi ishtirok hisoblanadi. U mundial tarixida olti turnirda maydonga tushgan ilk futbolchilardan biri sifatida tarixga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya JCH-2026dagi ilk uchrashuvida Kongo DR bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Roberto Martines shogirdlari navbatdagi bahsni 23 iyun kuni O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar