Bugun
6
O'zbek

Martines Ronalduni almashtirmagani uchun tanqid ostida qoldi

Futbol
18 iyun, 04:06
Portugaliya bosh murabbiyi Kongo DRga qarshi o‘yindagi qarori sabab bahslar markazida qolmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Martines Ronalduni almashtirmagani uchun tanqid ostida qoldi
Foto: goal.com
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 1 : 1 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Portugaliya milliy jamoasining JCH-2026dagi starti omadsiz kechdi. Roberto Martines shogirdlari Kongo DR bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvdan so‘ng asosiy e’tibor Krishtianu Ronalduning o‘yini va murabbiy Roberto Martinesning qarorlariga qaratildi. Bir qator ekspertlar portugaliyalik mutaxassisni Ronalduni maydonda juda uzoq qoldirgani uchun tanqid qildi.

Irlandiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Toni Kaskarinoning fikricha, Ronaldu o‘yinda deyarli foyda keltirmagan.

«Imkon qadar muloyim bo‘lishga harakat qilyapman, ammo Ronaldu o‘z darajasida emasdi. Vaqt unga ta’sir qilayotgani ko‘rinib turibdi. Unda avvalgi tezlik ham, energiya ham yo‘q edi. U Portugaliya hujumiga deyarli hech narsa bera olmadi», — dedi Kaskarinо.

Ekspert Martinesning Ronalduni almashtirmaganidan hayratda qolganini ham yashirmadi.

«Murabbiy sifatida jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yishingiz kerak. Agar o‘zgarish jamoaning g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirsa, buni amalga oshirishingiz shart», — deya qo‘shimcha qildi u.

Fransiya va «Arsenal» afsonasi Tyerri Anri esa Ronalduning individual rekordlarga haddan tashqari e’tibor qaratayotgani jamoa o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi bahs davomida darvoza tomon birorta ham aniq zarba bera olmadi. Shuningdek, uning yirik turnirlardagi golsiz seriyasi 10 ta o‘yinga yetdi.

Shunga qaramay, Ronaldu tanqidlarni qabul qilmadi.

«Nima yetishmadi? Hech narsa. Bu futbol. Portugaliya g‘alaba qozonishi ham mumkin edi, mag‘lub bo‘lishi ham mumkin edi. O‘yin har tomonga og‘ishi mumkin edi», — dedi Portugaliya sardori.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda maydonga tushish orqali Ronaldu Lionel Messining oltita jahon chempionatida ishtirok etish bo‘yicha rekordi bilan tenglashdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar