Jahon chempionati guruh bosqich 2-turida Tunis milliy jamoasi Yaponiya bilan kuch sinashdi va 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qayd etish lozim, ushbu guruhning 2-turdagi ilk o'yinida Niderlandiya Shvetsiyani 5:1 hisobida mag'lub etgandi.
JCH-2026. F guruhi. 2-tur
21 iyun. Monterrey. «Estadio BBVA»
Tunis — Yaponiya 0:4
Gollar: Kamada 4, Ueda 31, 83 (dubl), Ito 69.
Tunis — Dahman, Rekik, Talbi, Bronn, Valeri, Skiri, Mejibri, Abdi, Saad, Tunekti, Slimane.
Yaponiya — Suzuki, Tomiyasu, Itakura, H. Ito, Doan, Sano, Kamada, Nakamura, J. Ito, Tanaka, Ueda.