Live
6
O'zbek

Moriyasu: «Muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi bizga katta kuch berdi»

Futbol
21 iyun, 12:20
Yaponiya bosh murabbiyi Tunis ustidan qozonilgan yirik g‘alabaga baho berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Moriyasu: «Muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi bizga katta kuch berdi»
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Tunis Tunis 0 : 4 Yaponiya Yaponiya

Yaponiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Hajime Moriyasu JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Tunis ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoa o‘yin uchun puxta tayyorgarlik ko‘rgan va futbolchilar murabbiylar ko‘rsatmalarini a’lo darajada bajargan.

«Biz amalga oshirmoqchi bo‘lgan barcha rejalarimizga yaxshi tayyorlandik va maydonda agressiv o‘ynadik. Murabbiylar shtabi futbolchilarga nima qilish kerakligini aniq tushuntirib berdi. Shu tufayli o‘yinchilar o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyish eta oldilar», — dedi Moriyasu.

Yaponiyalik mutaxassis muxlislar hissasini ham alohida ta’kidladi.

«Ko‘plab yapon muxlislari Monterreyga kelishdi. Ular davlat madhiyamizni biz bilan birga kuylashdi va o‘yin davomida kuchli qo‘llab-quvvatlashdi. Ularning yordami biz uchun juda katta motivatsiya bo‘ldi», — dedi Yaponiya bosh murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, 1-turda Yaponiya Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan edi. Ushbu g‘alabadan so‘ng yaponlar 4 ochko bilan F guruhida peshqadamlar qatoridan joy oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tunis Tunis
  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar