Bugun
22
O'zbek

Tunis — mundialdagi dastlabki ikki o‘yinida 9 yoki undan ko‘p gol o‘tkazib yuborgan ilk Afrika jamoasi

Futbol
21 iyun, 03:00
52 yil avval Zayir (hozirgi Kongo DR) milliy jamoasi bundan ham yomon natija qayd etgandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Tunis — mundialdagi dastlabki ikki o‘yinida 9 yoki undan ko‘p gol o‘tkazib yuborgan ilk Afrika jamoasi
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Tunis Tunis 0 : 4 Yaponiya Yaponiya

Tunis milliy jamoasi 52 yil avvalgi rekordni takrorladi.

Jamoa jahon chempionati guruh bosqich 2-turida Yaponiya bilan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, pley-offga chiqish imkoniyatini muddatidan oldin yo‘qotdi.

Yaponiyaliklar har ikki taymda ikkitadan gol urdi. Eslatib o‘tamiz, 1-turda tunislilar Shvetsiyaga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Qayd etilishicha, Tunis 1974 yildan beri jahon chempionati guruh bosqichining dastlabki ikki o‘yinida 9 ta yoki undan ko‘p gol o‘tkazib yuborgan ilk Afrika jamoasiga aylandi. 52 yil avval Zayir (hozirgi Kongo DR) milliy jamoasi bundan ham yomon natija qayd etib, 11 gol o‘tkazgandi.

So‘nggi turda Tunis Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yin 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tunis Tunis
  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar