2026 yildagi jahon chempionati F guruhida 2-tur bahslari yakuniga yetdi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Yaponiya milliy jamoasi Tunisga qarshi maydonga tushib, yirik 4:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Osiyoliklar safida gollarga Kamada, Ueda (dubl) va Ito mualliflik qildi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu guruhdagi ilk bellashuvda Niderlandiya Shvetsiyani 5:1 hisobida taslim etgandi.
JCH-2026. F guruhi. 2-tur
21 iyun. Monterrey. «Estadio BBVA»
Tunis — Yaponiya 0:4
Gollar: Kamada 4, Ueda 31, 84 (dubl), Ito 69.
Tunis — Dahman, Rekik, Talbi, Bronn, Valeri, Skiri, Mejbri, Abdi, Saad, Tunekti, Slimane.
Yaponiya — Suzuki, Tomiyasu, Itakura, H. Ito, Doan, Sano, Kamada, Nakamura, J. Ito, Tanaka, Ueda.