Live
9
O'zbek

Mareska «Siti»ning yangi futbolchisidan hayratda

Futbol
17 oktabr, 13:37
«Shaharliklar» ustozi marokashlik yarimhimoyachi Ayub Buaddi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mareska «Siti»ning yangi futbolchisidan hayratda
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Enso Mareska jamoaning marokashlik yarimhimoyachisi Ayyub Buaddining o‘yini haqida gapirib o‘tdi.

«Ayyub - ajoyib futbolchi. Uning kuchli jihati shundaki, maydondaligida u sheriklariga yanada kuchayishga yordam beradi. Bu yuqori darajali futbolchilarga xos hislat. Buaddi maydondaligida atrofida harakat qilayotgan hamma yaxshiroq o‘ynaydi», - deya mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltiradi insayder Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli yarimhimoyachi shu yil yozda Fransiyaning «Lill» klubi safidan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan edi. «Shaharliklar» Marokash milliy jamoasi a’zosi uchun 95 million yevro to‘lab berdi. Futbolchi ingliz klubi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar